Ronalduning yo‘qligi "Real"ga yaqqol sezilmoqda. Chunki...
Madridning "Real" klubi yakunlanib borayotgan 2019 yilda barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda raqiblari darvozasiga jami 100 ta gol urdi. Bu haqda Mister Chip xabar bermoqda.
Aytish kerakki, jamoada Krishtianu Ronaldu to‘p surgan yillarda “qirollik klubi” 130 tadan kam gol urmagan.
“Real” 2010 yil 130 ta, 2011 yil 167 ta, 2012 yil 156 ta, 2013 yil 156 ta, 2014 yil 178 ta, 2015 yil 140 ta, 2016 yil 152 ta, 2017 yil 156 ta, 2018 yil 142 ta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2009-2018 yillarda “Real” sharafini himoya qilgan va keyin “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgan.

Fikrlar