Rossiya kubogi. Bugun Hojimat Erkinovning "Torpedo"si keyingi bosqichga yo‘l olishi mumkin

  • 26.11.2022 11:45
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Bugun Rossiya kubogida 6-tur uchrashuvlariga start beriladi.

E’tiborlisi, Hojimat Erkinov harakat qilayotgan "Torpedo" jamoasi so‘nggi tur bahsini o‘tkazadi. Moskvaliklar o‘z maydonida "Ural" klubini qabul qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start olishi belgilangan.

Mazkur to‘qnashuvda g‘alaba qozongan taqdirda legionerimizning jamoasi keyingi bosqichga yo‘l olishi mumkin. Buning uchun parallel uchrashuvda TsSKA "Sochi"ni mag‘lub etishi shart.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!