Rossiya premer-ligasi o‘yinlari qachon davom ettirilishi mumkinligi e’lon qilindi

  • 19.04.2020 22:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Koronavirus tufayli to‘xtatib qo‘yilgan Rossiya premer-ligasi uchrashuvlari qachon davom ettirilishi mumkinligi haqida xabarlar e’lon qilindi.

Chempionat rasmiy saytining ma’lum qilishicha, RPLda mavsum iyun oyi o‘rtalariga borib davom ettirilishi mumkin.

“Rossiya chempionati hukumat ommaviy tadbirlarni o‘tkazish va tashkil etishdagi cheklovlarni olib tashlagan zahotiyoq tiklanadi. Biz iyun oyi o‘rtalaridan iyul oyi o‘rtalarigacha bo‘lgan muddatda bu ishni amalga oshirishni rejalashtiryapmiz. Aniq sana esa koronavirus tarqalishi va hukumatning qaroriga bog‘liq. Ehtimol, qolgan turlar tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi mumkin”, - deyiladi RPL bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!