
Rossiya terma jamoasi futbolchisi London klubiga o‘tishi mumkin
Moskvaning "Dinamo" klubi yarim himoyachisi Daniil Fomin Angliya premer-ligasi klublari e’tiboriga tushdi. Bu haqda "Chempionat" nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli rossiyalik futbolchini "Kristal Pelas" o‘z safida ko‘rishni istamoqda. London klubi Fominni "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bekga muqobil sifatida ko‘rmoqda.
Fomin joriy mavsum "Dinamo" safida jami 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 3 ta assist yozdirib qo‘ydi. Uning ayni damdagi transfer narxi 9 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar