
Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi faoliyatini yakunlamoqda
Rossiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Samedov tez orada faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda rus nashrlari xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra garchi 34 yoshli futbolchida “Ufa” klubidan taklif bo‘layotgan bo‘lsada, u butsalarini mixga ilishga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, Samedov o‘tgan mavsumni Moskvaning “Spartak” klubida boshlab, qishki transferlar davrida “Krilya Sovetov”ga ko‘chib o‘tgan edi. Yozda uning samaraliklar bilan amaldagi shartnomasi o‘z nihoyasiga etadi va tomonlar kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, Samedov faoliyati davomida “Lokomotiv” Moskva, “Spartak” Moskva, “Dinamo” Moskva, “Moskva” hamda “Krilya Sovetov” kabi klublarda o‘ynagan. Rossiya terma jamoasida esa 53ta o‘yin o‘tkazib, 7ta gol urishga erishgan.
Fikrlar