
Rossiya terma jamoasidan ketgan Cherchesov Evropa termasini boshqarishi mumkin
Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov Polsha terma jamoasini boshqarishi mumkin, deb xabar bermoqda Match TV.
Manbaga ko‘ra, Cherchesov Polsha futbol ittifoqi prezidenti Tsezariy Kulesh bilan ehtimoliy tayinlanish masalasini muhokama qilgan. Polyaklarning ustozi sifatida rossiyalik mutaxassis portugaliyalik Paulu Souzaning o‘rnini egallashi mumkin. Biroq, Souza Polsha terma jamoasi "JCh-2022" yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan taqdirdagina iste’foga chiqarilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, polshaliklar "JCh-2022" saralashida o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
58 yoshli Cherchesovning so‘nggi ish joyi Rossiya terma jamoasi bo‘lgan. U ushbu lavozimni joriy yilning 8 iyul kuni tark etdi.
Fikrlar