Rossiya terma jamoasini Berdiev boshqarishi mumkin

  • 15.07.2021 19:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiya futbol ittifoqi Stanislav Cherchesovning o‘rniga Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib Qurbon Berdievni tayinlashi mumkin.

Sort ekspress nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, RFI 68 yoshli mutaxassisga “JCh-2022” oxirigacha terma jamoani boshqarishni ishonib topshirmoqchi. Agar ushbu davr mobaynida Berdievning faoliyati qoniqarli deb topilsa, tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi uzaytiriladi.

Berdiev bosh murabbiy etib tayinlangan taqdirda ish haqi avvalgisidan ancha past bo‘ladi, ammo jahon chempionatiga muvaffaqiyatli qatnashish unga katta bonus olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, RFI bir hafta oldin Cherchesovni iste’foga chiqargan edi. Xabar berishlaricha, rahbariyat ushbu lavozimga birinchi o‘ringa xorijlik mutaxassislar nomzodini ko‘rib chiqmoqchi.

Qurbon Berdiev 2021 yilning may oyidan buyon "Qayrat" klubida kuzatuv kengashi raisining maslahatchisi sifatida ishlab kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!