Rossiya va Eron o‘rtasidagi uchrashuv haqida muhim xabar paydo bo‘ldi!
23 mart kuni Tehrondagi mamlakatning eng yirik “Ozodi” stadionida Eron va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi.
RB Sport xabariga ko‘ra, mezbon o‘yin tomoshabinlar ishtirokida bo‘lib o‘tishi haqida hali yakuniy qarorga kelmagan. Eron futbol federatsiyasi muxlislarning stadionga kirishini taqiqlashi ehtimoli katta.
Ma’lumot uchun, Rossiya terma jamoasi mart oyida Tehronda Eron bilan uchrashuvdan tashqari, Sochida Iroq terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazishlari rejalashtirilgan.

Fikrlar