
Rossiyalik darvozabon faoliyatini "Latsio"da davom ettirishi mumkin
Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi darvozaboni Yuriy Lodygin faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli rossiyalik golkiperga Rimning “Latsio” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Aytish kerakki, italyan jamoasi rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni Tomas Strakoshga jiddiy raqobat paydo qila oladigan darvozabon qidirmoqda.
Ma’lumot uchun, Lodygin piterliklar safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning “Zenit” bilan amaldagi shartnomasi esa 2019 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar