
Rossiyalik deputat Habibning taqdirlanishiga qarshi chiqdi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovga “Rossiya Qahramoni” unvonini berish xaqidagi g‘oyani deputat Vitaliy Milonov tanqid qildi.
“U ajoyib yigit, yaxshi kurashadi. Unda MMA ishtirokchisi uchun zarur bo‘lgan barcha jihatlar mavjud. Birovni xafa qilish niyatim yo‘q, lekin unga “Rossiya Qahramoni” unvonini bermagan bo‘lardim”, - dedi Milonov
Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga deputat Gadjimurad Omarov ushbu taklif bilan murojaat qilgan edi.
Fikrlar