
Rossiyaning eng kuchli odami vafot etdi
Rossiyalik sportchi Vladimir Sineglazov 60 yoshida koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda "REN-TV" sayti xabar berdi.
2009 yilda Rossiyaning eng kuchli odami, deb topilgan Vladimir so‘nggi kunlarini reanimatsiyada koma holatida o‘tkazdi.
Vladimir Sineglazov sportchilik faoliyatini 1980 yilda boshlagan. 20 yoshidan boshlab, 90 kilogramli toshlarni ko‘targan va turli xil tryuklarni bajargan. Badanining egiluvchanligi sababli toshlar bilan turli mashqlarni bajargan. 2010 yilgacha teatrlarda faoliyat olib borgan Vladimir oyoq mushak to‘qimalaridagi uzilish tufayli sportni tashlashga majbur bo‘lgan.
Sineglazov 30 yillik sportchilik faoliyati davomida 29 jahon rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar