"Rostov"ga koronavirusni kim tarqatgani ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor, kecha “Rostov”ning 6 nafar futbolchisida koronavirus aniqlangani haqida ma’lum qilingan edi.
"Chempionat" nashrining yozishicha, virusni jamoaga armanistonlik legioner Xoren Bayramyan tarqatgan bo‘lishi mumkin. Boisi, faqatgina unda xarorat ko‘tarilgan va kasallik alomatlari kuzatilgan. 28 yoshli futbolchining ota-onasi yaqinda Covid-19 bilan og‘rigan edi. Bayramyan koronavirusni aynan ulardan yuqtirib olganligi taxmin qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Rostov” jamoasining barcha a’zolari ikki haftalik karantinga olingan. Shu bois, jamoaning 19 iyun kuni “Sochi”ga qarshi bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan o‘yini bekor qilindi.
Fikrlar