"Rostov"ning yangi mavsumdagi ilk uchrashuvi tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi mumkin
Rossiya premer-ligasining 1-turidan o‘rin olgan “Tambov” hamda “Rostov” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda «MordovMedia» xabar tarqatmoqda.
Gap shundaki, «Tambov» o‘z uy o‘yinlarini o‘tkazadigan Saranskdagi «Mordoviya Arena»da rekonstruktsiya ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Tambov” – “Rostov” uchrashuvi 8 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar