Roy Jons Otabek Umarovni O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi prezidenti bo‘lganligi bilan tabrikladi yoxud u Toshkentga tashrif buyuradimi?

  • 15 noyabr, 2019, 13:53
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Prezident xavfsizlik xizmati rahbari birinchi o‘rinbosari, Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi prezidentligiga tayinlanganligi bilan boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Roy Jons o‘zining Instagram sahifasida video tarzda tabriklagan.

“Otabek, ukam, tabriklayman va taklif uchun rahmat. Bunday voqeaning bir qismi bo‘lishdan baxtiyorman!”,- degan AQShlik bokschi.

Xabaringiz bor, 23 noyabr kuni Toshkentda GFC 20 yubiley turniri bo‘lib  o‘tadi. Roy Jons ushbu so‘zlari bilan, mazkur turnirga tashrif buyurish ehtimoli borligiga sha’ma qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!