Ro‘ziqul Berdiev: "Andijon"ga qarshi o‘yin 18 aprelga ko‘chirilganini 13 aprel kuni aytishdi

  • 18.04.2019 10:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor bugun Superliganing 5-turida "Andijon" o‘z maydonida "Nasaf"ni qabul qiladi. E’tiborlisi, ushbu bahs dastlab belgilangan taqvim bo‘yicha 20 aprel sanasida o‘tkazilishi kerak edi. Ammo, ma’lum sabablarga ko‘ra ushbu bahs 18 aprel kuniga ko‘chirildi. "Ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdiev bu haqda o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Aslida «Andijon» - «Nasaf» o‘rtasidagi uchrashuv 20 aprel sanasiga belgilangandi. Keyin esa bellashuv 18 aprelga ko‘chirildi. Bu rejalaringizga qanchalik ta’sir ko‘rsatdi?

- Siz ham bilasiz, ishlab chiqilgan taqvimga qarab rejalar bir-ikki oy oldin tuzib chiqiladi. «Andijon»ga qarshi uchrashuv belgilangan muddatdan ikki kun oldin o‘tkazilishi bizga katta ta’sir ko‘rsatmasa-da, baribir rejalarimizning o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Lekin bu katta qiyinchiliklarni keltirib chiqarmaydi. Faqat rejalarimizni o‘zgartirishga majbur bo‘ldik.

- O‘yin sanasi o‘zgarganligi haqida PFL sizlarni qachon xabardor qildi?

- 4-turda «Navbahor» bilan o‘ynagan bo‘lsak, o‘sha uchrashuvdan oldin «Andijon» bilan bahsning 18 aprelda o‘tkazilishini bilmasdik. Faqat uchrashuvdan keyin bizga xabar qilishdi. Aniqrog‘i, «Navbahor»ga qarshi o‘yinning ertasi kuni, 13 aprelda PFLdan bizga xat keldi.

Berdiev bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!