Ro‘ziqul Berdiev: "Asosiy maqsadimiz - guruhdan chiqib, yanada uzoqroqqa borish!"

  • 17 sentabr, 2023, 19:51
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga "Nasaf" Osiyo chempionlar ligasi doirasida o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan "Al-Faisaliy" - "Nasaf" uchrashuvi oldidan "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev va klub etakchisi Sherzod Nasrullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi. 

Tecno

Ro‘ziqul Berdiev: "Assalomu alaykum, sizlar bilan yana bir bor ko‘rishib turganimizdan xursandmiz. Bu katta musobaqa, mahoratli va kuchli jamoalar ishtirok etadi. Ertangi o‘yindagi raqibimiz ham bundan mustasno emas. 

Biz "Al-Faisaliy"ning o‘yinlarini ko‘rib, ularning hujumkor harakat qilishiga guvoh bo‘ldik". 

Sherzod Nasrullaev: "Assalomu alaykum, matbuot anjumani ishtirokchilari. Ertaga ajoyib bahs bo‘ladi, deb o‘ylayman. Raqibimiz jiddiy, shunga qaramay, muxlislarimizni xursand qilish uchun harakat qilamiz. Rahmat!"

Ro‘ziqul Berdiev: "Raqibimiz o‘yinlarini o‘rgandik, kuchli va zaif tomonlariga e’tibor qaratdik. Jamoaning o‘z o‘yin uslubi bor, taktik sxemalarda ham shakllangan klub. 

"Al-Faisaliy" bilan pley-offda o‘ynaganimizga ham 5 yil bo‘libdi. Bu endi tarixga aylandi, u natijalar yoki statistikalar tarixda qoldi. Hozirgi holat umuman boshqacha. 

"Nasaf" o‘tgan mavsum guruhdan chiqish masalasini hal qilgandi. Joriy mavsumda ham asosiy maqsadimiz - guruhdan chiqib, yanada uzoqroqqa borish!

Oxirgi o‘yinlarda yaxshi natijalar qayd etyapmiz, Superkubokda ham zafar quchdik. O‘zbekistonda futbol rivojlandi, jiddiy raqiblar soni ham ancha oshdi. Shu sababdan barcha uchrashuvlarimiz qiyin o‘tmoqda. Bu chempionatimiz darajasi oshganidan dalolat. 

Xabaringiz bor, hozir O‘zbekistondan 4 ta klub OChLda ishtirok etmoqda. Shuning o‘zi fikrlarimning isboti bo‘la oladi. 

Taktika, asosiy tarkibni ertaga aniq qilamiz. Har xil sxemada o‘ynash imkoniga egamiz. Buni yigitlarimiz ham yaxshi biladi. Shu sabab hozir bu masalani ochiqlashni istamayman. Biz uchun ijobiy natija ko‘rsatadigan tarkibni maydonga tushiramiz.

Oxirgi bellashuvlarda safarda ham yaxshi harakat qilyapmiz. O‘tgan mavsum OChLning Saudiya Arabistonida o‘tgan guruh bosqich o‘yinlari biz uchun omadli kelgandi. Navbatdagisi ham yaxshi o‘tishiga umid qilaman. 

Guruhimizda kuchli jamoalar bor. Har bir bahsga jiddiy yondashishimiz zarur". 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Тўлқин Хайит
17/09/2023 20:13
Биринчи ўйинни ютиб келсангизлар ажойиб иш бўлар эди.
Javli Ruzimuradov
17/09/2023 19:55
Nasaf omad tilaymiz
SAMARIDDIN AMUR GPZ UZB
17/09/2023 20:20
Omad tilayman Galaba bilan qaytish nasib qilsin