Ro‘ziqul Berdiev: Barcha muxlislarimizni samimiy tabriklayman

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

O‘zbekiston Kubogi nimchorak final javob o‘yinidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Paxtakor” (1:0) uchrashuvi nihoyasiga etgach, qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiev o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Avvalo jamoamizni doim qo‘llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizni, umuman jamoamizga befarq bo‘lmagan barcha futbol ishqibozlarini,  O‘zbekiston Kubogining keyingi bosqichiga chiqqanimiz bilan samimiy tabriklayman.

Ularga tashakkurimizni va tabrigimizni  etkazib qo‘yasizlar degan, umiddaman. Nasib etsa, bunday muxlislarimizni keyingi bosqichda ham xursand qilishga harakat qilamiz. O‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, bugun biz tartibli o‘yin namoyish qildik. Maqsadimiz g‘alaba qozonish edi, buni yigitlar uddalashdi.

Zaxiradan maydonga tushgan o‘yinchilarimiz ham, o‘yinimizni kuchaytira olishdi. Bir so‘z bilan aytganda, barcha futbolchilarimiz ko‘rsatmalarimizni to‘liq bajarishdi”, – dedi Ro‘ziqul Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!