Ro‘ziqul Berdiev: "Bugun mag‘lubiyatga munosib emasdik"

  • 24.10.2023 00:12
  • Suhrob Xolbekov
  • 3
  • Futbol

OChL 3-turidan o‘rin olgan "Sharja" - "Nasaf" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyin qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Kuchli raqibga qarshi o‘ynadik. Shunday bo‘lsada, bugun mag‘lubiyatga munosib emasdik. Sababi, "Sharja"dan ko‘p jabhada ustunlik qildik. Biz to‘xtab qolmaymiz. Oldinda uchrashuvlar bor. Asosiysi, "Sharja" klubini yaxshi o‘rganib oldik", - dedi Berdiev. 

"Nasaf" 3-turdan keyin 6 ochko to‘plagan holda guruhda 2-o‘rinda bormoqda. 4-turda "ajdarlar" Qarshida "Sharja"ni qabul qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мурад Умаров
24/10/2023 21:27
Утган йил хам пеналтилардан фойдаланганимизда чемпион булардик
Шоим Зарипов
24/10/2023 15:07
Бердиевни айтганларига кушиламан Ойбек хам тепарди хатто Рахматов ёш булса хам гол урарди турган жойидан пенальти тепилмайдида энди
&
Nasaf.Jahogir
24/10/2023 01:15
Buldi uyinnimiz yaxshiligini kurdik bir bosh baland uynadik Qarshiga kelganida kuradi endi Allohu alam yiqilganini boshiga barjomini shishasini otaman shoshmey tur hali sharjaa qarshida kurasan endi temir daftarga yozilding san ham