
Ro‘ziqul Berdiev: "Hali hech narsa hal bo‘lmadi!"
Osiyo Chempionlar ligasi 5-turi doirasidagi "Nasaf" - "Al-Sadd" uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Ertaga barcha jamoalar g‘alaba uchun o‘ynaydi, hammamizga g‘alaba kerak. Chunki bizning guruhda hali hech narsa hal bo‘lib ulgurmadi. To‘g‘ri, kvartetda eng yomon himoya va eng yaxshi hujum bizda bo‘lib turibdi. Oldingi chiziqdagi samaradorlik faqat hujumchilarga emas, barchaga bog‘liq. Ertangi bellashuvda ham faqat jamoaviy futbolga e’tibor qaratamiz".
Abduvohim Ne’matov: "Assalomu alaykum. Ertangi o‘yin har ikki jamoa uchun juda muhim. Raqibni yaxshi o‘rgandik va g‘alaba uchun borimizni berib, muxlislar uchun harakat qilamiz. Oldimizdagi vazifani bajarganimiz yo‘q, guruhdan chiqishimiz kerak".
Fikrlar