Ro‘ziqul Berdiev: "Nasaf"ning oldiga yuqori maqsad qo‘yilmagan

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Gollarda barcha jamoaning aybi bor. Birinchi golda ham, ikkinchi golda ham xavfni bartaraf etsa bo‘lar edi. Ammo bu bilan darvozabonni ayblamoqchi emasman.

Natija yomon bo‘lgandan so‘ng bu ham o‘zimizga yoqmaydi albatta. Jamoamiz yosh, o‘yinchilarimiz bir-birini tushunib harakat qilishlari uchun biroz vaqt kerak.

"Paxtakor" bilan o‘yindani holat ta’sir qilish tabiiy hol. Tajribali futbolchilar bo‘lganida bu vaziyatdan chiqib keta olgan bo‘lar edi. Ammo "Nasaf" yosh futbolchilardan tashkil topgan.

Bizning oldimizga yuqori maqsadlar qo‘yilmagan. Terma jamoa uchun futbolchilar etishtirib berish maqsad qilingan.

Ikkinchi golni kiritganimizda ofsayd yo‘q deyishdi, ammo mening o‘zim bu holatni qayta ko‘rmadim hali", - deb Berdievning so‘zlarini keltirib o‘tdi SPORTS.uz sayti muxbiri Shahzod Xolboev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!