Ro‘ziqul Berdiev "Navbahor"ga qarshi durang haqida nimalar dedi?

  • 3 mart, 2022, 20:52
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 1-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda "Navbahor" va "Nasaf" 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan keyin "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Bugungi o‘yinda muxlislar bosim o‘tkazishi aniq edi. Navbahor” muxlislari raqibga bosim o‘tkazishni biladi. Shuning uchun 0:0 qoniqarli natija.

“Paxtakor”ga qarshi bahsda ham o‘yin tashkil qilish tomondan yaxshi harakat qildik. Faqat ijrochilar topilmadi. Keyin, mana ikki o‘yindirki gol ura olmayapmiz…

“Navbahor” Turkiyadagi hamma o‘yinlarimizni ko‘rib, bizni juda yaxshi o‘rgangan. Shuning uchun bugungi taktikamiz foyda berdi va bir ochkoni taqdim etdi. 

Sharof Muhitdinov bugungi o‘yinga tayyor emasdi. Shu bois, u zaxirada qoldi.

“Navbahor” juda katta ishlarni amalga oshiryapti. Jamoa butunlay yangilandi. Tarkibda bir necha salohiyatli futbolchilar bor. Maqsad ham ancha yuqori. Sovrinlar uchun  kurashadigan jamoalar qatoriga kiradi, - dedi Ro‘ziqul Berdiev. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!