Ro‘ziqul Berdiev: "Surxon"ga qarshi o‘yin rejamiz asosida o‘tdi
"O‘yin rejamiz asosida o‘tdi va yigitlar g‘alabaga haqli edi. To‘p nazorati, o‘yinning borishi va hisob bo‘yicha ham ustunlikka erishdik va shu bois g‘alabani qo‘lga kiritdik. Bugungi raqibimiz tajribali futbolchilarga ega bo‘lgan kuchli jamoa edi.
"Surxon" birinchi davrada yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Ammo hozirgi o‘zgarishlar jamoaga qanchalik foyda beradi, buni vaqt ko‘rsatadi. Klubning olib borayotgan siyosatini ko‘llaymiz, lekin uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga aralashishga haqqimiz yo‘q", - dedi Berdiev.

Fikrlar