Ro‘ziqul Berdiev va Sharof Muhitdinov "Al-Sadd"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

  • 7 aprel, 2022, 19:09
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga "Nasaf" OChL guruh bosqichi birinchi turida "Al-Sadd"ga qarshi maydonga tushadi. Bugun o‘yin oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda vakillarimiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev va futbolchi Sharof Muhitdinov ishtirok etdi.

Murabbiy: - Assalomu alaykum. Ramazon muborak hammaga. Chempionlar ligasi - eng kuchlilar ishtirok etadigan musobaqa. Ertangi raqibimiz ham nafaqat guruh, balki turnirdagi favoritlardan biri sanaladi. Shunday ekan, bizni oson bo‘lmagan o‘yin kutib turibdi. Yigitlar bilan yaxshi tayyorgarlik olib bordik. "Al-Sadd"ga qarshi o‘yinda natija uchun bor kuchimizni tashlaymiz. 

Futbolchi: - Assalomu alaykum. Yana bir bor Ramazon muborak. Ertaga tomoshabinlar qiziqarli o‘yin guvohi bo‘ladi, deb umid qilaman. Raqibimizni butun Osiyo yaxshi biladi. Yaxshi tayyorgarlikdan so‘ng qo‘lga kiritilgan ijobiy natija evaziga muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. 

Murabbiy: - Biz OChLning darajasini yaxshi his qilib turibmiz. Bu borada tajribaga egamiz. Bu erda oson o‘yinlar bo‘lmaydi. O‘tgan yili  OFK kubogida ishtirok etdik. Shuni aniq ayta olamanki, chempionlar ligasidagi klublarning darajasi bir-biridan keskin farq qiladi. 

Pandemiya sababli musobaqa markazlashgan tarzda o‘tkazilishiga majbur bo‘ldi. O‘ylashimcha, bu to‘g‘ri qaror. Albatta, buning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Ikki hafta ichida oltita o‘yin o‘ynash futbolchilar uchun juda ham qiyin. Biroq biz bunga majburmiz va tayyorgarlik ko‘rganmiz. O‘ylaymanki, musobaqa yana eski formatiga qaytib, uy-safar o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Sababi, bizning muxlislarimiz ham OChL o‘yinlarini jonli tomosha qilishni istaydi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ал-химик
07/04/2022 21:09
Насаф ва пахтакорга омад тилайман, йигитлар бўшашманглар! Энасини кўрсатиб қўйинглар