RPL. O‘runovsiz "Spartak" ochko yo‘qotdi
Hozirgina Rossiya Premer-ligasi 14-turidan o‘rin olgan "Ural" hamda "Spartak" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Ekaterinburgda kechgan uchrashuvda 2:2 hisobidagi jangovar durang natija qayd etildi.
Bugungi bellashuvdan so‘ng moskvaliklar hisobidagi ochkolar soni 28 taga etdi va jamoa qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 2-o‘rinda bormoqda. Hamyurtimiz Oston O‘runov jarohati bois jamoasiga yordam bera olmadi.

Fikrlar