
RPL. "Zenit" o‘z maydonida "Sochi"ni ishonchli hisobda engdi va yakka peshqadamga aylanib oldi
Hozirgina Rossiya premer-ligasining 11-turidan o‘rin olgan “Zenit” hamda “Sochi” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
Sankt-Peterburgdagi “Gazprom Arena”da kechgan bellashuv gollarga boy kechdi. Yakunda 3:1 hisobida mezbonlar zafar quchdi. Piterliklar safida gollarni Vyacheslav Karavaev (16'), Aleksandr Eroxin (24') va Duglas Santos (90') kiritdi. Mehmonlarning yagona goliga Kirill Zaika (57') mualliflik qildi.
“Zenit” ushbu o‘yindan so‘ng o‘z hisobidagi ochkolarni 24 taga etkazib oldi va peshqadamlikni mustahkamladi. “Sochi” esa 4-o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar