RPLda o‘ynagan futbolchi "Metallurg"ga o‘tdi

  • 29 yanvar, 2021, 18:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Rosich" klubi himoyachisi Evgeniy Makeev Bekabodning "Metallurg" jamoasiga o‘tdi. Bu haqda rus klubi matbuot xizmati xabar tarqatdi. 

Tecno

31 yoshli futbolchi 2020 yil "Rosich"ga kelib qo‘shilgandi. O‘tgan mavsumda Makeev jamoasiga Moskvaning havaskor futbol klublari o‘rtasida kechgan chempionatda oltin medal yutishiga ko‘maklashdi. 

Makeev faoliyati davomida "Spartak", "Sochi", "Rostov" va "Ararat" jamoalari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Evgeniy Rossiya terma jamoasi safida uch marta o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!