Runi AQShga ketadi, uning yillik maoshi 5 mln dollarni tashkil qiladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

“Everton” jamoasi hujumchisi Ueyn Runi MLS ligasi vakili – “Di-Si Yunayted” klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda Washington Post nashri ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh klubi Runiga yillik maoshi 5 million dollarga teng 2020 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qildi. Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda. Tez orada angliyalik futbolchi AQShga ko‘chib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 32 yoshli Ueyn Runi APLning 31 o‘yinida maydonga tushib, 10 ta golga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!