Runi: "Umrimda bunday xudbinlikni ko‘rmaganman. Uning yoshida Messining 4 ta "Oltin to‘p"i bo‘lganini kimdir eslatib qo‘ysin"

  • 18 avgust, 2022, 20:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe PSJ bilan shartnomasini yangilagandan so‘ng o‘zini jamoaning asosiy yulduzi, deb hisoblashni boshladi. Avvalroq, u kiyinish xonasida Messi hamda Neymar bilan janjallashib qolgani haqida xabarlar chiqayotgandi. 

Bundan tashqari, Kilian "Monpele"ga qarshi o‘yin paytida Messining elkasidan turtib o‘tib ketgan. Mazkur holat haqida sobiq MYu futbolchisi Ueyn Runi o‘z fikrini bildirdi: 

"22-23 yoshli futbolchi Messining elkasidan turtmoqda. Hayotimda bundan kattaroq xudbinlikni ko‘rmaganman. Balki, kimdir Mbappega uning yoshida Messida 4 ta "oltin to‘p" bo‘lganini eslatib qo‘yar", - dedi Runi. 

Eslatib o‘tamiz, Messi o‘zining to‘rtinchi "Oltin to‘p"ini 25 yoshida qo‘lga kiritgan. Kilian esa shu yilning dekabrida 24 yoshni qarshi oladi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!