Ruslan Abdullaevdan ham finalda g‘alaba. Bokschimiz 200 ming dollarga ega chiqdi. Beshinchi oltin!

  • 14 may, 2023, 17:55
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z poyoniga etmoqda. Bugun ikkinchi kungi final janglari o‘tkaziladi.

-63.5 kg vazn toifasida Ruslan Abdullaev mo‘g‘ulistonlik Baatarsux Chinzorigga qarshi ringga ko‘tariladi.

ruslan-09_1

Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz qizil libosda, uning raqibi ko‘k formada harakat qiladi.

Ilk raund Ruslan Abdullaevning foydasiga - 4:1.

Ikkinchi raundda ham bokschimizning qo‘li baland keldi - 3:2.

Uchinchi raundda Ruslanning ustunligi qayd etildi - 5:0. Yakuniy hisob 5:0 hamyurtimiz foydasiga.

Shu tariqa, Ruslan Abdullaev O‘zbekiston terma jamoasiga beshinchi oltin medalni olib keldi va 200 ming dollar pul mukofoniga ega chiqdi.

IMG_4871

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!