Ruslan Jiyanov "Paxtakor" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

  • 4 mart, 2023, 12:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 2023 yilgi mavsum 1-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Olimpik" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 3:2 hisobida kuchli raqibdan ustun keldi. 

"Olimpiyachilar" safida Jiyanov, Odilov hamda Abdumajidov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Ushbu gollarga "sherlar" safida Sayfiev hamda Tursunov javob bera oldi. 

Tecno

Bellashuvdan so‘ng SPORTS.uz sayti "Olimpik" futbolchisi Ruslan Jiyanovning fikrlari bilan qiziqdi.

"Bu o‘yinga tayyorgarlik zo‘r bo‘ldi. "Paxtakor" kuchli raqib edi. Amaldagi chempionni mag‘lub etganimizdan xursandmiz.

Timur aka taktik tomondan ham, jismoniy tomondan ham bahsga yaxshi tayyorladi. Bu mavsum har bir bellashuvda g‘alaba qozonishni istaymiz. Maqsadimiz shundan iborat.

Penalti haqida nimadir deya olmayman. Bu vaziyatga mutaxassislarning o‘zi javob bergani ma’qul. Hakamlar qaror chiqardi. Shuningdek, holatni VARdan ham ko‘rishdi", - dedi futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!