
Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘raev Osiyo chempionatini o‘tkazib yuborishadi
8-16 oktyabr kunlari Bahraynda og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda qit’amizning eng kuchli polvonlari qatori hamyurtlarimiz ham medallar uchun kurash olib borishadi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasining matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Olimpiada chempionlari Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘raev Bahraynga boradigan tarkibga kiritilmagan. O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining ma’lum qilishicha, har ikki polvonimiz dekabr oyida Kolumbiyada o‘tadigan jahon chempionatiga yakka tartibda tayyorlanishadi. 6 oktyabr kuni jamoamiz quyidagi tarkibda
Manamaga yo‘l oladi:
-67 kg: Doston Yoqubov
-73 kg: Adham Ergashev
-81 kg: Og‘abek To‘xtaev
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov
-89 kg: Hojiakbar Olimov
-96 kg: Sunnatilla O‘sarov
-96 kg: Qurbonmurod Namozov
-102 kg: Sharofiddin Amriddinov
-49 kg: Jamila Panfilova
-59 kg: Nigora Abdullaeva
-76 kg: Nigora Suvonova
-81 kg: Rigina Adashboeva
-87 kg: Tursunoy Jabborova
Fikrlar