Rustam Assakalov jamoamizga uchinchi oltin medalni taqdim etdi

  • 24 fevral, 2022, 23:09
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Istanbul reyting turniri finaliga etib kelgan uchinchi yunon-rum kurashchimiz ham oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Eng tajribali "klassigimiz" Rustam Assakalov 97 kg vazn toifasida chempionlik shohsupasiga ko‘tariladi. U hozirgina yakuniga etgan final bahsida finlyandiyalik Arvi Martin Savolaynenni 5-1 hisobida dog‘da qoldirdi.

Assakalov finalga qadar italiyalik Nikoloz Kaxelashvili, turkiyalik Abdul Kader, litvalik Vilius Laurinatis va norvegiyalik Feliks Baldaufni ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining finalga etib kelgan uchchala yunon-rum kurashchisi ham Istanbul reyting turniri chempioniga aylandi. Birozdan so‘ng Mo‘minjon Abdullaev bronza medali uchun gilamga chiqadi.

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!