Rustam Nartadjiev: "Lokomotiv"ga zaxirada o‘tirish uchun qaytmadim"

  • 3 yanvar, 2022, 19:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuni kecha “Surxon”dan “Lokomotiv”ga qaytib kelgan darvozabon Rustam Nortojiev klub matbuot xizmatiga qisqacha intervyu berdi.

Tecno

- Rustam, “Lokomotiv”ga qaytganingiz muborak.

- Rahmat.

- “Loko”ga qaytishingiz qay tariqa amalga oshdi?

- “Surxon” bilan shartnomam yakuniga etgandi. Shu sababli “Lokomotiv” rahbariyati men bilan bog‘landi va jonajon jamoamga qaytishni taklif qilishdi. Bu taklifni bajonidil qabul qildim.

- “Surxon”dan qanchalik minnatdorsiz? O‘tgan mavsum ikkinchi davrada jamoaning asosiy qutqaruvchisi va ta’bir joiz bo‘lsa, jamoaning Superligada qolishida asosiy rol o‘ynadingiz.

- “Surxon” rahbariyatidan cheksiz minnatdorman. U erdagi jamoadoshlar bilan ishlash, mashg‘ulot qilish menda o‘zgacha taassurot qoldirgan. O‘tgan mavsum “Surxon” uchun omadli o‘tdi deya olaman. Chunki klub qo‘ygan vazifa bajarildi, desa ham bo‘ladi. O‘z navbatida menga ishonch bildirgan murabbiylar shtabiga ham rahmat aytaman. Ular menga yaxshi taraflarimni ko‘rsatish uchun katta imkoniyat berishdi.

rustam

- Ayni paytda Abdumavlon Abdujalilov hamda yosh posbonimiz Shoxruh Isoqov asosiy tarkibdagi darvozabonlarimiz hisoblanishadi. Raqobat jamoada qanchalik muhim deb o‘ylaysiz?

- Abdumavlon Abdujalilovni yaxshi taniyman. U yaxshi darvozabon. Superligada juda ko‘p o‘yinlarda maydonga tushdi va katta o‘yin amaliyotiga, tajribaga ega. Ammo “Lokomotiv”ga zaxirada o‘tirish uchun qaytmadim (demak, Abdumavlon Abdujalilov ham raqobatga tayyor turishi kerak). Raqobat esa doimo bo‘lishi shart, futbolchi shu orqali o‘sadi. Doimo kuchlilar bilan raqobatda bo‘lish orqaligina eng yaxshisi bo‘lish mumkin.

- Ushbu mavsumda o‘z oldingizga qanaqa maqsadlar qo‘ygansiz?

- “Lokomotiv” bilan sovrinli o‘rinlarni olmoqchiman. Oldimizda butun bir mavsum kutib turibdi. Eng avvalo chiroyli o‘yin ko‘rsatishimiz kerak.

“Lokomotiv” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!