Saidazamat Mirsaidov: "Qatar Turkmaniston kabi chuqur himoyada o‘ynamadi"

  • 5 iyun, 2022, 12:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

U23 Osiyo Kubogi 2-turi doirasidagi Qatar - O‘zbekiston uchrashuvida Kapadze shogirdlari 6:0 hisobida zafar quchdi. Bahsdan so‘ng jamoamiz himoyachisi Saidazamat Mirsaidov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"Jarohatim sababli zaxiraga olinishni o‘zim so‘radim. Bugun murabbiylarning barcha taktikalari ishladi va futbolchilar hamma chiziqlarda yaxshi harakat qildi.

O‘zbekiston agressiv o‘ynadi, deb ayta olmayman. Hisobga keladigan bo‘lsak, jamoadoshlarim aytgani kabi Qatar Turkmaniston kabi chuqur himoyada o‘ynamadi. Keyingi bellashuvda hisob nechchi bo‘ladi, aniq bir gap ayta olmayman, ammo g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!