Saidyoqub Qahramonov: "Biz o‘zbeklar hozircha UFCda to‘rttamiz. Ammo, kelajakda bu erni egallaymiz"

  • 22 avgust, 2021, 10:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Bugun hamyurtimiz Saidyoqub Qahramonov UFCda o‘z debyutini o‘tkazdi va quvonarlisi, u guamlik Trevin Jonsni muddatidan avval, ya’ni, uchinchi raundning so‘nggi soniyalarida bo‘g‘ish uslubi evaziga mag‘lub etdi. Mazkur g‘alabadan so‘ng, yurtdoshimiz Daniel Kormega o‘ziga xos intervyu berdi. 

Tecno

"O‘zimni yomon his qilmayapman. Qarang, yigitlar to‘rt kunlik chaqiruvda qanaqa jangchini finish qildim. Menga sakkiz haftalik to‘liq tayyorgarlik lagerini bering va men chempionni ham shu ahvolga solaman.

Men gilotina usulidagi sabmishenni yaxshi ko‘raman va tez-tez takrorlayman. Bugungi jangda ham shu narsa menga qo‘l keldi.

Ammo, muhimi bu emas. Muhimi, yurtim uchun g‘alaba qozondim. Biz o‘zbeklar hozircha promoushenda to‘rttamiz. Ammo, kelajakda bu erni egallaymiz. O‘zbekiston, Samarqand g‘alaba sizlarniki. Hammaga: Dana Uaytga, Shon Shelbiga, menedjerlarimga rahmat. Kichik paytimdan UFCning ashaddiy muxlisiman. Bu erda jang qilish orzuim ushalganidan hursandman. Tashakkur!",-dedi Qahramonov. 

Mahmudjon Jabborov tarjimasi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!