
Saidyoqub Qahramonovning “UFC Vegas 46" turniridagi jangi bekor qilindi
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Saidyoqub Qahramonov 16 yanvar kuni “UFC Vegas 46" turnirida navbatdagi jangini o‘tkazish kerak edi. Afsuski, unda koronavirus aniqlanganligi bois, Brayan Kellaxerga qarshi jangi bekor qilindi.
Yurtdoshimizning ma’lum qilishicha, u jangga to‘la tayyor bo‘lgan, biroq ushbu muammo tufayli jang qila olmasligini ma’lum qilgan. Shuningdek, o‘zini juda yaxshi xis qilayotganligini ta’kidlab o‘tgan. Avvalroq, ushbu turnirda jang o‘tkazishi kerak bo‘lgan yana bir hamyurtimiz Zarruh Adashev ham qo‘lidan olgan jarohati tufayli, turnirda ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Saidyoqub Qaharamonov UFCda bitta jang o‘tkazib, g‘alabaga erishgandi.
Fikrlar