
Saidyoqub Qaxramonov UFCdagi muvaffaqiyatini davom ettirdi!
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Saidyoqub Qahramonov (10-2, 3 KO) UFCdagi ikkinchi jangini Ronni Lourensga (9-2, 4 KO) qarshi o‘tkazdi.
Jang to‘liq 3 raund davom etdi. Quvonarlisi, hamyurtimiz raqibiga hech qanday imkon qoldirmay hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alabaga erishdi.
Mazkur g‘alaba bilan yurtdoshimizni muborakbod etamiz.
Fikrlar