Salax Astorining dafn marosimi sabab mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuboradi

  • 8 mart, 2018, 13:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” klubi to‘purari Muhammad Salax jamoasining bugungi mashg‘ulotlarida qatnasha olmaydi.

Tecno

Sababi 25 yoshli misrlik futbolchi “Roma” hamda “Fiorentina” jamoalaridagi sobiq jamoadoshi Davide Astorining dafn marosimida ishtirok etish uchun Italiyaga jo‘nab ketdi. Futbolchini so‘nggi yo‘lga kuzatish marosimi bugun bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli italiyalik futbolchi o‘tgan hafta “Udineze”ga qarshi bahs oldidan mehmonxonada o‘lik holda topilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!