"Salernitana"ga qarshi o‘yindan keyin Raneri Shomurodov haqida nimalar dedi?

A Seriya 28-turidan o‘rin olgan "Kalyari" - "Salernitana"ga uchrashuvida mezbonlar 4:2 hisobida zafar quchdi. O‘yindan keyin sardiniyaliklar bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Bu biz uchun muhim g‘alaba. Oristiano va Shomurodovlar tiklanishga muvaffaq bo‘lishdi. Bugun nima bo‘lganda ham yutishimiz kerak edi. Eldor darrov bizning sxemalarimizga moslashdi, lekin hali mentalitet borasida bunday emas. Jamoaga moslashayotgan paytida jarohat oldi. Ammo hozir juda ajoyib holatda. Yaxshi tehnikaga ega va golni his qila oladi", - dedi italiyalik mutaxassis. 

Shomurodov dubl qilgan o‘yindan keyin "Kalyari" A Seriya turnir jadvalida 13-o‘ringa chiqib oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
10/03/2024 00:01
Элдорга бугундан бошлаб асосийда жой кафолатланди.Тугрими?,Раньери.