Salibaning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi!
"Arsenal" himoyachisi Vilyam Saliba oyoq bo‘g‘imidagi jarohati sabab deyarli bir oy maydonga tusha olmaydi.
Frantsiyalik fulbek Angliya Premer-ligasining 3-turida "Liverpul"ga qarshi bahsning (0:1) 5-daqiqasida jarohat olgan va darhol almashtirilgandi.
Frantsiya nashri "L’Équipe"ning xabariga ko‘ra, Salibaning tiklanish muddati 3–4 haftaga cho‘zilishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Mikel Arteta boshchiligidagi "kanonirlar" ushbu 1 oy ichida "Nottingem Forest", "Atletik Bilbao", "Manchester Siti", "Port Beyl" hamda "Nyukasl Yunayted"ga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushadi.



Fikrlar