Saloh, de Bryuyne, Lukaku... Shomurodovga ustozlik qilayotgan Mourinoning “nozik o‘yinlari”

  • 14 oktabr, 2021, 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugungi kunda Eldor Shomurodovning “Roma” o‘tgani munosabati bilan Rim klubiga muxlislik qilyapmiz. Italiyada porlay boshlagan hamyurtimizni ushbu mamlakatning grand klublaridan hisoblagan “Roma”ga taklif qilgani uchun bosh murabbiy Joze Mourinoga ham hurmatimiz oshgani ham bor gap.

Tecno

Darhaqiqat, Joze o‘ziga xos murakkab xarakter va kuchli qat’iyatga ega o‘zgacha mutaxassis. Mourino o‘zi ishlagan jamoalarning aksariyatida turli mojarolar, kelishmovchiliklar, ziddiyatlarga duch kelishi ham hech kimga sir emas.

3117435-63904428-2560-1440

Ushbu murabbiy faoliyatiga e’tibor qaratsak, Mourino doim ham adolatli qaror qabul qilmagani, xudbinligi tufayli ayrim futbolchilarni jamoadan ketishga majbur qilgani namoyon bo‘ladi.

Ayniqsa, Joze faoliyatida “Chelsi” alohida ahamiyat kasb etadi. Portugaliyalik mutaxassis “aristokratlar”dan boshqa hech bir jamoani ikki marotaba boshqarmagan. U London klubida 2004-2007 va 2013-2015 yillar davomida bosh murabbiy lavozimida ishlagan.

Mourinoning “Chelsi”dagi birinchi davri ancha muvaffaqiyatli bo‘lgan. Uning qo‘l ostida “ko‘klar” ikki martadan Angliya chempionligi va Futbol liga kubogini, bir marotabadan mamlakat kubogi va Superkubogini yutgan. Keyingi boshqaruv vaqtida esa, Mourino shogirdlari  bir bora premer-liga oltin medali va Futbol ligasi kubogiga ega chiqdi.

Aynan 2013-2015 yilgi faoliyati davrida Mourino shaxsiy qarashlari va murakkab xarakteri tufayli bugungi kunning eng yorqin yulduzlariga aylangan uch nafar futbolchi -  Muhammad Saloh, Kevin de Bryuyne va Romelu Lukakuni “Chelsi”dan haydashga jazm qilgan. Bu haqda Joze Mourinoning qo‘l ostida ishlagan“Chelsi”ning sobiq murabbiyi Eddi Nyuton bor haqiqatni aytib berdi.

- Muhammad Saloh va Kevin de Bryuynening ketkazilishi ularning iste’dodi va salohiyati bilan  bog‘liq bo‘lmagan. Bu Joze Mourinoning xarakterlar to‘qnashuvidan so‘ng qarori oqibatida yuzaga kelgan. Bu futbolchilar keragidan ortiq yaxshi o‘ynardi. Lekin bosh murabbiyning nuqtai nazari ularnikidan farq qilardi. Shu bois, ular bir jamoaga sig‘madi, - deydi Eddi Nyuton.

15942263401623901149

Muhammad Saloh “Chelsi”ga 2014 yilda “Bazel”dan olib kelingan edi. 13 ta uchrashuvda bir juft gol urgan misrlik hujumchi Mourinoga yoqmagani sababli, avval  “Fiorentina”ga, keyin “Roma”ga ijaraga berib yuboriladi.  Rimliklar 2016 yilda Salohning transfer huquqini to‘liq sotib oladi. 2017 yili Angliyaga qaytgan Muhammad “Liverpul” tarkibida haqiqiy yulduzga aylandi va bugungi kunda jamoaning asosiy to‘purari hisoblanadi.

Zamonaviy futbolning eng zo‘r pleymeykerlaridan hisoblangan Kevin de Bryuyne 2012 yili “Genk”dan “Chelsi”ga o‘tganida ancha shakllangan futbolchi edi. Biroq, u “aristokratlar” safida atigi uch marta maydonga tushgan. Avval o‘z yurti Belgiyaga ijaraga jo‘natilgan yarim himoyachi,  Mourino davrida klubni butunlay tark etib, Germaniya Bundesligasidan qo‘nim topdi.

2015 yili “Manchester Siti” taklifini qabul qilib, Angliya premer-ligasiga qaytgan Kevin de Bryuyne nafaqat Joze Mourinoga, balki butun dunyoga qanchalar yuqori salohiyatiga ega futbolchi ekanini ko‘rsata oldi.

rue8d666f578a

Romelu Lukaku tushgan vaziyat biroz boshqacha. Eddi Nyutonning aytishicha, o‘sha paytlarda belgiyalik hujumchi o‘zining ijobiy xislatlarini ko‘rsata olmagan. Aniqroq aytganda, katta klubning hujum chizig‘i etakchisi bo‘lishga yoshlik qilgan ekan. Mourino esa, unga imkon berishni istamadi.

- Hamma turli fikr bildirayotganiga qaramay, Lukaku o‘sha paytda “Chelsi”da o‘ynashga tayyor emasdi. Romelu “aristokratlar” safini 2012 yilda tark etgan Dide Drogba o‘rnini bosishga qodir bo‘lmagan. Uni har doim Drogbaga taqqoslashadi. Lekin o‘sha paytda bu adolatsiz taqqoslash edi. Ular umuman boshqa toifadagi futbolchilar va turli vaziyatda edi.

Lukaku bugungi kunga kelib, tajribali va mohir hujumchi sifatida “Chelsi”ga qaytdi va  ilgarigidan farqli ravishda, darvozaga teskari holatda to‘pni qabul qilsa ham, raqib darvozasini ishg‘ol qila oladigan darajaga etgan.  Hozir u har qanday vazifani uddalay oladi. Romelu shu darajadaga etib, “Chelsi” talabiga javob bera oladigan hujumchi bo‘lish uchun mashaqqatli mehnat qildi, - deydi Eddi Nyuton.

1630952539410929846

Lukaku 2011-2014 yillar davomida “Chelsi” ro‘yxatida turgan va atigi o‘nta uchrashuvda maydonga tushgan. Belgiyalik hujumchi joriy yilning yozida Londonga qaytgunicha, “Chelsi” Lukaku gol urmagan yagona jamoa bo‘lib turgan edi. Romelu ushbu jamoadan boshqa o‘zi o‘ynagan “Anderlext”, “Vest Bromvich”, “Everton”, “Manchester Yunayted”va “Inter”da doim to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelgan.

Yaqinda 98 million funt evaziga “Chelsi” hujumchisiga aylangan Lukaku premer-ligada oltita uchrashuvda uchta to‘p kiritib, “aristokratlar” uchun ham gol ura olishini namoyish qildi.

Bugungi kunning yorqin yulduzlarini tan olmagan Joze Mourino esa ayni paytda “Roma”ni Italiya chempionatida muvaffaqiyatlar sari etaklashga harakat qilmoqda.

“Real” “Roma” hujumchisini olmoqchi. U kim ekan?

Mourino “Roma” futbolchilari terma jamoalarga chaqirilishidan norozi. Ketganlar orasida Shomurodov ham bor!

Shomurodov zimmasidagi ishni Pellegrini bajarmoqda!

Yaxshiboev gol urgan uchrashuvdan keyin “realchilar” uchga bo‘lindi!

“Roma” Evropa Chempionlar ligasida... Shomurodovning orzusi ushaladimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!