
“Real” “Roma” hujumchisini olmoqchi. U kim ekan?
O‘zbekistonlik futbol muxlislari e’tiboriga Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan “Roma” klubiga oid yangilik, xabar va qiziqarli ma’lumotlarni taqdim qilishni davom ettiramiz.
Evropa matbuotining yozishicha, “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ayni paytda “Roma” sharafini himoya qilayotgan Borxa Mayoralga jiddiy qiziqib qolgan. Aslida ispan hujumchisi “Qirollik klubi” a’zosi hisoblanadi va joriy mavsum oxirigacha rimliklar tomonidan ijaraga olingan.
O‘tgan mavsumda “Roma”ning asosiy hujumchilaridan biri sifatida o‘ynagan Mayoral jami 17 ta gol va oltita golli pas muallifi bo‘lgandi. Biroq, Joze Mourino rimliklarni qabul qilib olgach, asosan o‘zi taklif qilgan forvardlar – Temmi Abraxam va Eldor Shomurodovga ishonch bildiryapti.
Abraxam va Shomurodovga raqobatni boy berayotgani tufayli zaxiraga o‘tirib qolgan Borxa Mayoral jamoadagi holatidan norozi. Qolaversa, “Real” ham o‘yin amaliyoti uchun yuborilgan iste’dod egasining maydondan tashqarida yurganidan xavotirda.
Karlo Anchelotti joriy mavsumda atigi 41 daqiqa o‘ynagan Mayoralni qishda o‘z jamoasiga qaytarib, unga imkoniyat bermoqchi.
Shunday futbolchimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz!
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelottining “Roma” zaxirasida o‘tirib qolgan Borxa Mayoralga e’tibor qarata boshlagani ortidan Joze Mourino ham bu futbolchiga munosabatini o‘zgartirgan ko‘rinadi.
Joze Mourino “Qirollik klubi”dagi hamkasbi ijaradan qaytarib olmoqchi bo‘layotgan ispan hujumchisini qo‘yib yubormaslikka qaror qildi. Portaguliyalik mutaxassis Borxaga mavsumning qolgan o‘yinlarida imkoniyat berishini ta’kidlamoqda.
Mayoralning o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganini inobatga olgan “Fiorentina” ham bu hujumchini o‘z safiga chorlamoqda.
Borxaning “Real” bilan shartnomasi 2023 yilning yarmigacha amal qiladi. “Roma”da esa joriy mavsum oxirigacha ijarada o‘ynashi belgilangan.
“Roma”da jiddiy yo‘qotish
Rim klubi A Seriyaning 17 oktyabrga belgilangan 8-turida “Yuventus” mehmoni bo‘ladi. Bo‘lajak uchrashuvda Joze Mourino ishongan himoyachisi Matias Vina xizmatidan foydala olmaydi.
2022 yilgi jahon chempionatiga chiqish uchun Janubiy Amerika mintaqasi saralash turniriga jo‘nat ketgan urugvaylik himoyachi Italiyaga shanba kuni etib keladi. Tabiiyki, dunyoning narigi burchagidan kelgan futbolchi yakshanba kuni bo‘ladigan uchrashuvgacha tiklana olmaydi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Mourino Turindagi o‘yinda Vina o‘rniga Rikkardo Kalaforini maydonga tushiradi.
“Roma” ikki futbolchidan birini tanlaydi
Rim klubi mutasaddilari yangi o‘yinchilarni taklif qilish barobarida bosh murabbiy Joze Mourino foydalanmayotgan futbolchilarga bosh ish topishga ham harakat qilmoqda.
Klubni tark etishi kerakligi aytilgan futbolchilar orasida Gonsalo Vilyar va Amadu Diavara ham bor.
Qishki transferlar vaqtida rimliklar ushbu o‘yinchilardan qay biriga xaridor chiqsa, o‘shani sotib yubormoqchi. Transferdan keladigan mablag‘ “Borussiya M” jamoasidan olinadigan Denis Zakariyaga yo‘naltiriladi.
Mourino “Tottenxem”dan darvozabon oladi
Mourino avvalgi ish joyi – “Tottenxem”da tarbiyalangan darvozabon Joshua Oluvayemini Rimga olib kelmoqchi.
20 yoshli darvozabonning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi. Portugaliyalik mutaxassis iste’dodli posbonni erkin agent sifatida bepul qo‘lga kiritmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Joshuaga rimliklardan tashqari “Benfika” ham qiziqish bildiryapti.
Mourino “Roma” futbolchilari terma jamoalarga chaqirilishidan norozi. Ketganlar orasida Shomurodov ham bor!
Shomurodov zimmasidagi ishni Pellegrini bajarmoqda!
Yaxshiboev gol urgan uchrashuvdan keyin “realchilar” uchga bo‘lindi!
“Roma” Evropa Chempionlar ligasida... Shomurodovning orzusi ushaladimi?
Fikrlar