
Saloh "Liverpul"ning ikkita rekordini o‘ziniki qilib oldi
Chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turida "Liverpul" safarda "Midtyulland" bilan 1-1 hisobida durang o‘ynadi.
O‘yinning 55-soniyasida mersisaydliklar hujumchisi Muhammad Saloh raqib himoyachilari xatosidan so‘ng darvozani ishg‘ol qildi. Bu "Liverpul" uchun Chempionlar ligasidagi eng tez kiritilgan gol bo‘ldi.
Shuningdek, forvard kechagi oqshomda EChLdagi gollari sonini 22 taga etkazib oldi va klubning ushbu turnirdagi eng zo‘r to‘purariga aylanib oldi.
Joriy mavsumda Saloh Premer-ligada 10 ta o‘yinda 9 ta gol kiritdi.
Fikrlar