Saloh mag‘lubiyatlarning sababi nimada ekanligini aytdi

  • 02.11.2025 17:10
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" klubi qanot hujumchisi Muhammad Saloh jamoaning joriy mavsum startidagi natijalaridan noroziligini bildirib, bu natijalar nima bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Mavsumning bunday boshlanishidan qoniqmadim. Biz uchun mavsum qiyin kechmoqda, chunki jamoada bir nechta yangi futbolchilar paydo bo‘ldi. Yaxshi xaridlar, lekin ularga jamoaga moslashish uchun vaqt kerak. Bizga faqat moslashish va bir-birimizning o‘yinimizni tushunish uchun vaqt kerak. Shundan keyin hammasi yaxshi bo‘ladi", - deya Salohning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Barcha musobaqalardagi so‘nggi 8 o‘yinda "Liverpul" 6 marta mag‘lubiyatga uchradi. Mersisaydliklar Angliya chempionatidagi 10 o‘yindan so‘ng 18 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!