Saloh Saudiyada Neymarning rekordini "urib" qo‘yishi mumkin

  • 28 avgust, 2023, 19:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni rekord darajadagi pul evaziga sotib olishga tayyor.

CBS Sports xabariga ko‘ra, "Al-Ittihod" Saloh uchun "Liverpul"ga 162 million dollar (150 million evro) taklif qilishga tayyor. Bu summadan "Liverpul" 108 million dollar olishi kafolatlangan, yana 54 million dollar esa vinger uchun bonus sifatida to‘lanadi.

Klub misrlik futbolchini o‘zining asosiy transfer maqsadi deb biladi va bu transferni Saudiya Arabistonidagi yozgi transfer oynasi yopilgunicha, ya’ni 20 sentyabrgacha yakunlashga umid qilmoqda. Qayd etilishicha, kelishuv amalga oshsa, “Al-Ittihod” avvalroq Neymarni 97 million dollar evaziga sotib olgan “Al-Hilol” o‘rnatgan liga rekordini yangilaydi.

Xabar qilinishicha, “Al-Ittihod” “Liverpul”ga 100 million dollardan ko‘proq taklif qilgan, biroq klub Salohni bu yozda sotish niyati yo‘qligini aytgan. O‘z navbatida 31 yoshli vinger ushbu transferga qiziqmoqda va bu haqda "Liverpul" rahbariyatini xabardor qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!