
Saloh shu mavsumning o‘zida uch nafar APL afsonasini ortda qoldirishi mumkin
Muhammad Saloh bir jamoada "gol+pas" tizimida 250+ ochko to‘plagan 4-futbolchi bo‘ldi.
"Liverpul" vingeri APLning 18-turida "Lester"ga qarshi o‘yinda (3:1) gol urdi.
U Premer-liga o‘yinlarida klub safida 267 bellashuvda "gol+pas" tizimida 250 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi (171+79).
Kuchli uchlikdan Ueyn Runi ("Manchester Yunayted", 276), Rayan Giggz ("Manchesier Yunayted", 271) va Xarri Keyn ("Tottenxem", 259) joy olgan.
Fikrlar