
Salohni Olimpiada olib borishmoqchi
Misr yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Rojerio Mikale mamlakat futbol yulduzi Muhammad Salohni Olimpiadaga olib borish istagi borligini ma’lum qildi.
“Bizda bu masala haqida o‘ylash va vaziyatni baholash uchun yana bir yil bor. Lekin biz Salohni jamoada ko‘rishni istardik. Neymar Braziliya uchun qanchalik muhim bo‘lsa, u ham biz uchun ham shunchalik muhim”, - dedi murabbiy.
Ma’lumot uchun, Parij Olimpiadasidagi futbol turniri 2024 yilning 26 iyulidan 11 avgustiga qadar bo‘lib o‘tadi. Agar Saloh ushbu turnirga borsa, APLda mavsum startini o‘tkazib yuboradi.
Aytish joizki, 2021 yilda “Liverpul” Salohni Olimpiada o‘yinlariga qo‘ymadi. Klublar shunday harakat qilish huquqiga ega, chunki Olimpiya futbol turnirini FIFA tashkil qilmaydi.
Fikrlar