Samarqand-2023: Blits yo‘nalishida ham Magnus Karlsenga teng keladigan shaxmatchi topilmadi!

  • 31 dekabr, 2023, 09:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Samarqand shahrida o‘tgan shaxmatning blits yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Unda yana Magnus Karlsen 16 ochko bilan chempion bo‘ldi. U 2 kun oldin rapid yo‘nalishida ham chempion bo‘lgandi. O‘zi umuman Markaziy Osiyo davlatlari Magnus Karlsen uchun juda omadli bo‘ldi. U o‘tgan yili Olmaota shahrida o‘tgan chempionatda ham rapid va blitsda chempion bo‘lgandi.

Tecno

blits

Yakuniy uchlik quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Magnus Karlsen
2. Daniil Dubov
3. Vladislav Artemiev

Ayollar orasida esa Valentina Gunina 14 ochko bilan blits yo‘nalishida jahon chempioni bo‘ldi. Kuchli uchlik quyidagicha ko‘rinish oldi:

bli

1. Valentina Gunina
2. Aleksandra Kostenyuk
3. Ju Jinner

Hamyurtlarimizdan esa erkaklar orasida eng yaxshi natijani Shamsiddin Vohidov hamda Nodirbek Yakubboev 12,5 ochko bilan qayd etdi. Javohir Sindorov 12 ochko, Nodirbek Abdusattorov 11,5 ochko to‘pladi.

Qizlar orasida esa Umida Omonova 9,5 ochko, Hamdamova Afro‘za 8 ochko to‘pladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!