Sambo. Mahmudjon Maqsudov - Jahon chempioni, yana 6 sportchimiz shohsupaga ko‘tarildi

CHERY AUTO

Armaniston poytaxti Erevan shahrida kadetlar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida sambo bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.

Tecno

Bugun musobaqa doirasida o‘smirlar o‘rtasida bellashuvlar o‘tkazildi. Quvonarlisi, bugun sambochilarimiz dastlabki oltin medalga sazovor bo‘ldi. +98 kg vaznli hamyurtimiz Mahmudjon Maqsudov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan holda, Jahon chempioniga aylandi. Vakillarimiz shuningdek 3 ta kumush, 3 ta bronza medaliga ham ega chiqdi.

Kun yakuniga ko‘ra, sovrindorlarimiz ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

Oltin:

+98 kg: Mahmudjon Maqsudov

Kumush:

-71 kg: Shaxriyor Karimov
-65 kg: Muxlisa Turdieva
-59 kg: Feruza Bobokulova

Bronza:

-98 kg: Qutlimurod Numonov
-72 kg: Sevinch Maxmudjonova
-47 kg: Uybo‘lsin Hakimova.

Eslatib o‘tamiz, kecha kadetlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Ne’matjon Xudoyberganov kumush medalni qo‘lga kiritgandi.

O‘zbekiston sambo federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!