
Sampaoli "Santos" bosh murabbiyligidan iste’foga chiqdi
Xorxe Sampaoli "Santos" klubi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi. Bu haqda Globoesport nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 59 yoshli argentinalik mutaxassis jamoani bundan roppa-rosa bir yil oldin qabul qilib olgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa joriy mavsum Braziliya chempionatida 2-o‘rinni egalladi.
Ta’kidlash kerakki, Sampaolining klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan edi.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda Sampaoli “Santos” prezidenti bilan kelisha olmagani bois o‘z xohishi bilan iste’foga chiqqan.
Fikrlar